Applening Music Classical xizmati sanoqli davlatlarda ishga tushdi

Apple Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong va Makaoda klassik musiqaga bag‘ishlangan Music Classical striming xizmatini ishga tushirdi. Ilova Apple Music obunachilariga yuqori sifatli (192 kGs/24 bitgacha Hi-Res Lossless) va fazoviy audio qo‘llab-quvvatlashga ega 5 milliondan ortiq klassik musiqa treklaridan foydalanish imkonini beradi.
Music Classical ham taniqli asarlar, ham yangi relizlar, shu jumladan eksklyuzivlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, siz mavzuli pleylistlarni, bastakor tarjimai hollarini va asosiy asarlar haqida batafsil ma’lumotni topishingiz mumkin.
Apple Musicdan farqli o‘laroq Apple Music Classical sizga bastakor, asar, dirijyor, katalog raqami va boshqalar bo‘yicha qidirish imkonini beradi. Ilova dastlab 2022-yil boshida chiqarilishi rejalashtirilgan edi, ammo keyin Apple uning chiqarilishini avval 2022-yil oxirigacha, keyin esa 2023-yilning boshigacha qoldirdi. 2023-yil 28-martda App Storeda paydo bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter