Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Apple o‘z 5G-modemini chiqara olmadi

Apple o‘z 5G-modemini chiqara olmadi

Foto: ISP.Page

Apple kompaniyasi o‘z 5G-modemi ustidagi ishlarni vaqtinchi to‘xtatdi. Bu haqda MacRumors xabar berdi.

Portal jurnalistlari osiyolik taniqli insayderlarga asoslanib yozishicha, Amerika IT-giganti o‘z modemlarini ishlab chiqish bo‘yicha dasturini vaqtincha yopgan. Korporatsiya beshinchi avlod tarmoqlarida ishlovchi modemlar chiqarib, ularni o‘zining flagman qurilmalariga o‘rnatishni ko‘zlagandi.

Apple kompaniyasining bu maqsadga yaqinlashish yo‘lidagi urinishlari zoye ketdi, deyishmoqda insayderlar. Yapon manbalariga ko‘ra, muvaffaqiyatsizlik sababli korporatsiya loyiha uchun ajratilgan ko‘pmillionli sarmoyalarni qisqartiradi.

MacRumors qo‘shimcha qilishicha, 2019-yilda Apple ko‘plab muhandislarni ishga yollab,  Intel kompaniyasining smartfonlar uchun modemlar chiqarish bo‘limini sotib olgandi. Mutaxassislar zimmasiga 2023-yilda kompaniyaning o‘z modemini tayyor holatga keltirish yuklangandi. Ta’kidlanishicha, modemlar borasida Apple raqobatchilaridan “bir necha yillar” ortda qolib ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring