Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Apple narxi Fransiya fond bozoriga qariyb tenglashdi

Apple narxi Fransiya fond bozoriga qariyb tenglashdi

Foto: Pixabay

Dunyodagi eng qimmat ochiq kompaniya — Apple qiymatining tinmay oshib borayotgani jahon moliyaviy hamjamiyatini hayratga solmoqda. Kompaniya aksiyalari rekord darajada yuqori narxda yopilgan chorshanba kunidan so‘ng, iPhone ishlab chiqaruvchisining narxi Yevropa Ittifoqida eng yiriklardan sanalgan Fransiya fond bozori umumiy bozor qiymatiga deyarli tenglashdi.

Bloomberg indeksiga muvofiq, Parij fond bozoridagi kompaniyalarning umumiy qiymati chorshanba kuni savdolar yakunida $3,2 trlnni tashkil etdi, ayni paytda Apple bozor qiymati $3,1 trlnga teng. Ya’ni Apple qimmatligi bobida jahonning faqat oltita fond bozoridan ortda qolmoqda.

Kaliforniyaning Kupertinosida joylashgan kompaniya (Apple)ning Parijda ro‘yxatga olingan jami kompaniyalardan qimmatlashuvi birinchi marta kuzatilmayapti. O‘tgan yilning ikkinchi yarmida inflyasiyaga qarshi kurashish uchun markaziy banklar foiz stavkalarini oshirishi oqibatida bu ikki moliyaviy og‘ir vaznli bozorning umumiy pasayishi fonida bir necha marta o‘zaro o‘rin almashishgandi.

Bloomberg indeksida Apple bozor qiymati va Fransiya fond bozorining so‘nggi uch yildagi dinamikasi ko‘rsatilgan.

2023-yil Apple uchun juda muvaffaqiyatli keldi: kompaniya 50 foizdan ko‘proq qimmatlashdi — bozor qiymatiga qariyb $1 trln qo‘shildi.

Uoll-strit tahlilchilari 2024-yilda smartfonlar, noutbuklar va kompyuterlarga talab oshishi ortidan Apple daromadlari yanada oshishini kutishyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring