Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AOKAda Raqamli texnologiyalar vaziri matbuot kotibi ishtirokida brifing tashkil etildi

AOKAda Raqamli texnologiyalar vaziri matbuot kotibi ishtirokida brifing tashkil etildi

Brifing “Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasining navbatdagi mavsumiga start berilganligi, mahalliy dasturchilarni tayyorlab, yoshlarni zamonaviy kasblarga bepul onlayn kurslar tashkil etilganligiga bag‘ishlandi.

“Bir million o‘zbek dasturchilari” — O‘zbekistonda mahalliy dasturchilarni tayyorlash loyihasi bo‘lib, loyihada yoshlarni zamonaviy kasblarga bepul onlayn kurslar tashkil etilgan holda o‘qitish maqsad qilingan.

“Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasi 2025-2026-yillar rejasida xalqaro IT sertifikatlarni olganlar sonini 1 mln nafarga, professional xalqaro IT sertifikatlar olganlar sonini esa 30 ming nafarga yetkazish belgilangan. Qolaversa, loyiha doirasida yuqori natija ko‘rsatgan eng yaxshi 2 ta maktabga Prezident sovg‘asi 2 ta elektromobil berilishi ham rejalashtirilgan. Shu bilan birga, loyiha doirasida 14 ta hududda eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilarga 700 ta noutbuk, TOP-10 nafar o‘qituvchilar chet-elga sayohat, loyiha doirasida eng yuqori natija ko‘rsatgan 100 ta o‘qituvchiga 10 mln so‘mdan pul mukofoti va TOP-3 oliy ta’lim muassasalariga pul mukofotlari berilishi rejalashtirilgan.

2022-yildan boshlab Xalqaro IT sertifikatni qo‘lga kiritgan 14 yoshdan 31 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga sarflagan xarajatlarining 50% gacha bo‘lgan qismi kompensatsiya shaklida to‘lab berilgan. 2024-yil 17-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 95-son qaroriga muvofiq, endilikda IT sertifikatni olishga bo‘lgan harajatlarining 60% gacha qismini kompensatsiya qilib olish imkoniyati yaratildi. Agar xalqaro IT sertifikatga qo‘shimcha xalqaro til bilish sertifikati bo‘lsa, sarflangan xarajatlarni 100% qaytib olish mumkin.

Batafsil: https://digital.uz/news/view/29284/

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring