Android’da yangi virus SMSni yashiryapti

Android uchun mo‘ljallanagn zararli dastur foydalanuvchining ruxsatisiz pullik xizmatlarni yoqib qo‘yishi mumkin. Bu haqda kompaniya blogida xabar berilgan.
Korporatsiya mutaxassislarining qayd etishicha, Android platformasida topilgan virus foydalanuvchilardan yashirincha tarzda pullik obunalar qo‘shilishi mumkin. Tadqiqot mualliflari ma’lum bir uyali aloqa operatori abonentlariga hujum qiladigan yangi zararli dastur haqida gapirdi.
Xabarda aytilishicha, xavfli dasturiy ta’minot foydalanuvchi raqamiga ko‘plab pullik obunalarni yashirin ravishda qo‘shishi mumkin. Yangi zararli dasturning o‘ziga xos jihati shundaki, u SMS-xabarlarni yashirincha o‘rganadi, operator odatda obuna bo‘lish yoki to‘lovni amalga oshirish uchun foydalanuvchiga tasdiqnoma yuboradi, virus esa uni foydalanuvchidan berkitadi.
Korporatsiya tomonidan, shuningdek, noma’lum manbalardan dasturlarni yuklab olish va ilovalardan kiruvchi SMSlarni o‘qishni cheklash tavsiya qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter