Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Android uchun raqib — HarmonyOS NEXT taqdim etildi

Android uchun raqib — HarmonyOS NEXT taqdim etildi

Foto: 3DNews

Huawei kompaniyasi yangi — HarmonyOS NEXT operatsion tizimini taqdim etdi.

Muntazam operatsion tizimlardan asosiy farqi, unda Android-komponentlar (AOSP) yo‘q. Dasturchilar Java va Kotlin tillari o‘rniga Cangjie va ArkTS tillaridan foydalanishdi.

Bunga Huawei kompaniyasining o‘z SDK (software development kit — dasturiy ta’minot ishlab chiqarish uchun komplekt) va DevEco Studio ishlab chiqish muhiti orqali erishildi.

Anglab turganingizdek, HarmonyOS NEXTda Android-ilovalarni ishga tushirib bo‘lmaydi. Huawei shu yil oxirigacha yangi operatsion tizim uchun 5000 taga yaqin ilova paydo bo‘lishiga umid qilmoqda.

Hozirda yopiq beta-test jarayoni ketmoqda. HarmonyOS NEXT 2024-yilning to‘rtinchi choragida to‘laqonli ishga tushishi kutilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring