Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ajoyib yangilik: endi O‘zbekistonda internet yanada yaxshi ishlaydi

Ajoyib yangilik: endi O‘zbekistonda internet yanada yaxshi ishlaydi

Foto: Mitc.uz

28-mart kuni Armaniston poytaxti Yerevanda bo‘lib o‘tgan UADay tadbirida Yagona integrator UZINFOCOM RIPE NCC mintaqaviy registratori bilan K-Root dunyo serverini O‘zbekistonda ishga tushirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekistonda ildiz serverning mavjudligi DNS tizimini rivojlantirishga katta hissa bo‘lib, bu o‘z navbatida, uning nosozliklarga chidamliligi va barqarorligini sezilarli darajada oshiradi.

O‘zbekistonda K-Root serverining paydo bo‘lishi qidiruv jarayoni va internetning ishlashini sezilarli darajada yaxshilaydi. DNS tashqi xostlari va internet kanallariga qaramlikni kamaytirish uni ishlatishni yengillashtiradi.

Ma’lumot uchun: bugungi kungacha mahalliy saytlar foydalanuvchilarining barcha so‘rovlari birinchi bo‘lib xorijiy DNS serverlariga borib tushardi. Bu biroz vaqt talab qilar va ma’lumotlarni qayta ishlashni qiyinlashtirar edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring