Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nega Tesla o‘g‘rilariga jinoiy ish qo‘zg‘atilmaydi?

Nega Tesla o‘g‘rilariga jinoiy ish qo‘zg‘atilmaydi?

Foto: Habr

Rajesh Randevning so‘zlariga ko‘ra, u bolalarni maktabdan olib ketishga shoshilayotganligi tufayli o‘z mashinasini yaqin atrofdagi bir xil rangdagi Tesla Model 3 bilan adashtirib yuborgan. U rulga o‘tirgach, avvaliga hech narsani payqamagan.

Biroz vaqt o‘tgach, u old oynada yoriq borligini ko‘rib, xotiniga qo‘ng‘iroq qiladi. Ammo ayoli unga qanday yoriq borligini bilmayman, deb javob berganida, Rajesh mashinani to‘xtatadi. Keyin u mashinaning g‘ildiraklari turlicha ekanligini sezib qoladi. Shu payt uning telefoniga xabar keldi: “Rajesh, sen Tesla haydayapsanmi?”.

Rajesh xabar kelgan raqamga qo‘ng‘iroq qilib, birovning mashinasida ketib qolganini angladi. Mashinaning egasi politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, avtoturargohda qoldirilgan mashina raqamlarini berib, Rajeshning raqamini olgan.

Tesla egasi Rajeshga bolalarni maktabdan olib ketishga va shundan keyingina mashinani qaytarishga ruxsat berdi.

Politsiya xodimlari Rajeshga hech qanday jinoiy ish qo‘zg‘atmasliklarini aytishdi, chunki buning uchun hech qanday asos ham yo‘q edi.

Tesla ilovasi foydalanuvchilarga telefon orqali avtomobilni qulflash va qulfdan chiqarish, iqlim nazoratini boshqarish va zaryadlash stansiyalarini qidirish imkonini beradi.

Rajeshning ta’kidlashicha, u Tesla kompaniyasiga bu vaziyatga oydinlik kiritish uchun murojaat qilgan, biroq u bilan hali hech kim qayta aloqaga chiqmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring