2023-yilning eng yaxshi ixcham telefonlari (foto)
Smartfonlar tinmay kattalashib, eniga va bo‘yiga “o‘sib” boryapti, ammo qulay, cho‘ntakka bemalol sig‘adigan telefonlar ham oz emas va ularning muxlislari istalgancha topiladi. PC Magazine nashri 2023-yilning eng yaxshi ixcham telefonlarini bir joyda jamladi. Ko‘raylikchi, o‘zimiz uchun mos telefon bormikan.
Apple iPhone 13 mini — ENG YAXSHI VA IXCHAM iPhone
Ushbu smartfonni Apple kompaniyasining eng qulay va hamyonbop flagmani deyish mumkin. Afzalliklari — kuchli protsessor, chiroyli tashqi ko‘rinish, bir quvvat bilan ishlash vaqtining iPhone 12 miniga nisbatan yaxshilangani.
Kamchiligi: boshlang‘ich (iPhone 13) talqinga nisbatan quvvati tezroq tugaydi.
Samsung Galaxy S23 — ENG YAXSHI VA IXCHAM ANDROID-SMARTFON
Bu smartfonning afzalliklari — ixchamlik, yuqori ishlab chiqaruvchanlik, muqobil ishlovchanlik (akkumulyatori kuchli), yaxshi narx/sifat, munosib kameralar.
Kamchiliklari: ushbu flagmanda UWB yo‘q, S23+ hamda S23 Ultraga nisbatan sekinroq quvvat oladi.
Apple iPhone SE (2022) — ENG ARZON VA IXCHAM iPhone
iPhone yangi modellari orasida eng arzoni shu. Yuqori ishlab chiqaruvchanlikka ega, o‘rta diapazondagi 5G signallarini tutadi.
Kamchiliklari: dizayni eskirgan, tungi rejimi yo‘q.
Samsung Galaxy Z Flip 4 — BUKLANUVChI ENG YAXSHI SMARTFON
Bu smartfonni sotib olsangiz, qulay tashqi ikkinchi ekran, noodatiy dizayn, sifatli uyali aloqa, kuchli akkumulyatorli bo‘lasiz.
Kamchiliklari: o‘yinlarda “ideal” moslama emas, kameralarining funksiyalari premium-sinfga kiruvchi boshqa smartfonlarnikidan kamroq.
Unihertz Titan Pocket — KLAVIATURALI ENG YAXSHI TELEFON
O‘ziga xos dizayn asosida qurilgan ushbu telefon ikkita sim-kartali, ishlab chiqaruvchanligi narxiga solishtirganda yaxshi.
Kamchiliklari: ekrani 1:1 nisbatda bo‘lgani uchun hamma ilovalarga ham to‘g‘ri kelmaydi, bundan tashqari, Unihertz Titan Pocket ayrim signallarni qabul qilmaydi, kamerasi juda yomon.
Nokia 2780 Flip — ENG YAXSHI “RASKLADUSHKA-TELEFON”
Telefonda aloqa sifati yaxshi, Wi-Fi, FM-radio bor, narxi arzon.
Kamchiliklari: quvvati tez tugashi mumkin, noqulay operatsion tizim, juda ko‘plab ilovalardan foydalanish imkonsiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter