Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

20 nafar o‘quvchi dasturlash bo‘yicha bepul o‘qiydi

20 nafar o‘quvchi dasturlash bo‘yicha bepul o‘qiydi

Foto: Digital.uz

Poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi 118-maktabda yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi mas’ul xodimi Zafar Nurmatov, Raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfutdinovlar ishtirok etdi.

Ushbu uchrashuvdan asosiy maqsad dasturlashga qiziqishi yuqori, biroq imkoniyati yetarli bo‘lmagan o‘quvchilarga amaliy yordam ko‘rsatish edi.

Uchrashuv yakunida 20 nafar o‘quvchi yoshlarga Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazida bepul ta’lim olish uchun vaucherlar topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring