Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

10 daqiqalik quvvatlanish bir haftaga yetishi mumkin

10 daqiqalik quvvatlanish bir haftaga yetishi mumkin

Foto: "mydrivers.com"

BYD Tang 2022 elektromobili bugun sotuvga chiqdi va Xitoyda narxi 42 250 dollardan 51 200 dollargacha bo‘lgan uchta versiyada mavjud.

BYD Tang 2022 730 km gacha bo‘lgan masofani bosib o‘tadi, 100 km/soat tezlikka 4,4 soniyada erishadi, olti va yetti o‘rindiqli versiyalari mavjud. Mashina to‘liq g‘ildirakli uzatma tizimi, Disus-C elektron boshqariladigan aqlli faol suspenziya, DiPilot va DiLink4.0 (5G) aqlli tizimi va boshqa tizimlar bilan jihozlangan.

Avvalroq BYD vakillari BYD Tang 2022 elektromobili tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlashi haqida ma’lum qilgandi: 10 daqiqa ichida masofani 140 kilometrga uzaytira olasiz. Agar siz kuniga 20 km mashina haydasangiz, bir haftalik foydalanish uchun 10 daqiqalik zaryad yetarli.

Bir dvigatelli versiya 730 km masofani bosib o‘tadi, 380 kVt quvvatga ega ikki dvigatelli versiya esa 635 km masofani bosib o‘tadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring