IT texnologiyalariga o‘qimoqchi bo‘lgan yoshlarga yaxshi yangilik!
Prezident Shavkat Mirziyoyev kechagi Yoshlar kuni bayram tadbiridagi ma’ruzada bizning sohaga qiziqadigan yoshlar uchun juda foydali bo‘lgan yangilikni aytib o‘tdilar: «Hisob-kitoblarga ko‘ra, bugungi kunda 1 nafar IT mutaxassisini tayyorlash uchun kamida 1 yil vaqt va 20 million so‘mgacha mablag‘ talab etiladi. Vaholanki, yaxshi mutaxassis 2-3 oyda bitta dastur yaratib, ushbu xarajatni bemalol qoplashi mumkin. Bundan buyon xususiy ta’lim muassasalarida IT texnologiyalari bo‘yicha o‘qish (dasturlash, veb-dizayn, animatsiya) istagini bildirgan yoshlarga ham 20 million so‘mgacha miqdorda 4 yillik imtiyozli kredit taqdim etiladi».
Bizning sohamizda o‘qish niyatida bo‘lgan yoshlar 100dan ortiq IT-PARK nodavlat ta’lim rezidentlari orasidan o‘zlariga mosini tanlab olishlari mumkin: education.it-park.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter