Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

Shu kungacha ushbu xizmatdan foydalanish uchun 6,4 mingdan ziyod onlayn ariza kelib tushgan

Shu kungacha ushbu xizmatdan foydalanish uchun 6,4 mingdan ziyod onlayn ariza kelib tushgan

my.gov.uz aynan fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanishini ta’minlaydi, Siz ham uyingizdan chiqmay haydovchilik guvohnomasini yangilang!

10 kun avval my.gov.uz orqali haydovchilik guvohnomasini yangilash xizmatini ishga tushirgan edik.

Shu kungacha ushbu xizmatdan foydalanish uchun 6,4 mingdan ziyod onlayn ariza kelib tushgan (shundan 3,9 ming ta ariza to‘lovlari amalga oshirilgan).

Fuqarolarimizga 3,4 ming ta guvohnomalar berildi va shulardan 2,5 mingdan ziyodi pochta xizmati orqali o‘z egalariga yetkazib berildi.

Siz ham eski haydovchilik guvohnomangizni yangisiga almashtirishingiz zarur bo‘lsa, my.gov.uz dagi qulaylikdan (https://my.gov.uz/uz/service/255) foydalaning!

Yagona portal imkoniyatlaridan foydalangan xolda siz bo‘sh vaqtingizni davlat idorasiga borishga yoki navbatlarga emas, oilangiz davrasida o‘tkazishga ko‘proq ajrata olasiz!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring