AyTi sohasi uchun qo‘shaloq bayram

O‘zbekistonni AyTi xabiga aylantirish bo‘yicha Prezidentimiz g‘oyalarining Mustaqilligimiz bayrami arafasidagi amaliy qadamlari sohamiz uchun qo‘shaloq bayram bo‘ldi.
2016-yilda umumiy AKT sohasi ko‘rsatkichlari asosan an’anaviy aloqa sohasidagi xizmatlar hisobiga bo‘lardi, AyTi sohasida esa juda kam kompaniya yoki frilanser rasman ishlardi. 2017-yilda Prezidentimizning tegishli Farmonlari bilan AyTi sohasiga alohida imkoniyatlar berilganidan keyin, joriy yilda birinchi katta natija sifatida AyTi sohasida band bo‘lganlar soni (IT Park rezidentlari xodimlari va rasman ro‘yxatdan o‘tgan frilanserlar), an’anaviy aloqa sohasidagi (telekom, ularning dilerlari, pochta va h.k.) band bo‘lganlar sonidan ortdi. Keyingi muhim natija yaqin bir yilda endi AyTi eksporti an’anaviy aloqa eksportidan oshadi.
Mustaqilligimiz bayrami arafasida IT Park Uzbekistan majmuasining birinchi binolarini hamda TIER III talablariga javob beradigan Davlat Datatsentrining ochilishida Davlatimiz Rahbarining o‘zlari shaxsan qatnashishlari sohamiz rivoji yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Buni o‘sha kuni kelgan qator xalqaro AyTi kompaniyalar rahbarlarining ushbu videodagi fikridan ham ko‘rsa bo‘ladi.
Mustaqillik bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter