Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maxfuza Ro‘yiddinova

«Kema uchun eng xavfsiz hudud – qirg‘oq. Ammo u buning uchun yaratilmagan».

Inha, Amiti, TATU va IT-Park universiteti – xohlaganingizni tanlang!

Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan IT mutaxassislarni tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda. Shu munosabat bilan 14-iyun kuni raqobatbardosh  IT kadrlarni tayyorlashda olib borilayotgan ishlar xususida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani tashkil etildi.

Uchrashuvda IT’ga ixtisoslashgan universitetlardagi yangilangan qabul kvotalari, yaratilgan sharoitlar va yangi yo‘nalishlar haqida ma’lumot berib o‘tildi. Jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida raqamli texnologiyalarning rivojlanish tendensiyasidan kelib chiqib, joriy o‘quv yilida ushbu universitetda sun’iy intellekt, mexatronika va robototexnika, kiberxavfsizlik injiniringi kabi jami 10 dan ortiq yangi yo‘nalishlar tashkil qilindi.

Toshkent shahridagi Inha universitetida esa joriy o‘quv yilida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 50 nafar talaba qabul qilinishi nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, joriy o‘quv yilida Toshkent shahridagi Amiti universitetiga davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 30 nafar talaba qabul qilinishi belgilangan.

Matbuot anjumani davomida O‘zbekistondagi ilk onlayn, ya’ni raqamli universitet hisoblangan «IT-PARK UNIVERSITY» faoliyatiga to‘xtalib o‘tildi va universitetlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikka urg‘u berildi.

Yangicha formatdagi oliygoh asoschilari IT-Park va «EPAM Systems» kompaniyasi hisoblanadi. Universitet dasturi bitiruvchilar uchun zamonaviy va yuqori talabga ega axborot texnologiyalari sohasidagi kasblarini egallashga qaratilgan. O‘quv jarayoni gibrid formatda, asosan onlayn tarzda olib boriladi.

Ta’lim jarayoni quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha amalga oshiriladi:

Web Developer

Networks Engineer

Software Tester

Backend Developer (Java)

Mobile Developer (Android)

Front-End Developer

QA Engineer

Big Data Engineer

O‘zbekiston bo‘ylab yoshlar uchun sifatli IT ta’lim olish imkoniyatini ta’minlash maqsadida kontrakt to‘lovlari boshqa tijoriy universitetlardagiga nisbatan pastroq qilib belgilangan. To‘lov narxi bir yil uchun 9 million so‘mdan boshlanadi.

Matbuot anjumani davomida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring