Shahodatnoma yo`qotdingizmi? My.gov.uz 5 kunda topib beradi!(VIDEO)
Xabaringiz bor, joriy yilning 1-iyulidan e’tiboran xalq ta’limi tizimida yana bir davlat xizmati ishga tushirildi!
Endilikda, my.gov.uz portali orqali ariza berib, 5 kun ichida turli sabablarga ko‘ra yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan shahodatnomalarning dublikatini olish mumkin.
Arizangiz siz o‘qigan ta’lim tashkilotiga to‘g‘ri yetib borishi uchun o‘quv muassasasi joylashgan hudud, tuman va ta’lim olgan muassasa raqami aniq kiritilishi zarur.
Murojaatingiz Yagona portal orqali yuborganingizdan so‘ng, siz belgilagan tuman yoki shahar xalq ta’limi bo‘limlariga, ular orqali esa ta’lim tashkilotlariga avtomatik tarzda yuboriladi.
Ta’lim tashkilotlari arxiv hujjatlari asosida shahodatnoma dublikatini tayyorlab tuman yoki shahar xalq ta’limi bo‘limiga elektron tarzda yuborishadi.
QR kod qo‘yilgan va asliga tenglashtirilgan dublikat talabgorga my.gov.uz orqali elektron tarzda uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Shahodatnomaning dublikatini "Mening arizalarim" bo‘limidan mutlaqo bepul yuklab olishingiz mumkin.
Ta’lim tashkilotlari arxividan shahodatnoma ma’lumotlaringizni topish bilan bog‘liq muammoli vaziyatlarda dublikatni berish yana 5 kun uzaytiriladi.
Arizani to‘ldirishda ayrim xatolarga yo‘l qo‘yilganda yoki avval olingan dublikat uchun qayta ariza yuborilgan hollardagina rad javobi kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, shahodatnoma dublikati yuklab olinganidan keyin ham tizimdan o‘chib ketmaydi va zarurat tug‘ilganda uni shaxsiy kabinetingizdan qayta yuklab olish imkoniyati mavjud!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter