Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

E’zoza Turg‘unova

“Agar inson nimanidir chin dildan orzu qilsa, butun koinot uni shu orzusiga yetishtirish payida bo‘ladi!”

Frilanserlik faqat dasturchilar uchun emas! (video)

Qalovini topsang – qor ham yonadi, deganlari ayni haqiqat. Agar uddalay olsangiz, har qanday ishni ham o‘zingiz uchun har taraflama qulay qilib olishingiz mumkin.

Bugungi kunda bizga ana shunday imkoniyatni taqdim etuvchi frilanserlik yo‘nalishida faqat IT mutaxassislarigina ishlay oladilar, deb o‘ylasangiz adashasiz!

Ayrim streotiplarni tark eta olsak, frilanserlikni turli sohalarda qo‘llashimiz mumkin.

Agar bu sizga ham qiziq bo‘lsa, bugun "Frilanserlik kelajak kasbi" mavzusida bo‘lib o‘tgan forumdan lavhani diqqat bilan tomosha qiling.

Raqamli texnologiyalar Vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi tomonidan yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish hamda ularga qo‘shimcha daromad manbaalarini topishga ko‘maklashish maqsadida Toshkent Kimyo xalqaro universitetida tashkil etilgan forum davomida nafaqat top-reytingga ega dasturchilar bilan uchrashuv, balki Raqamli texnologiyalar vazirligi xodimlari bilan onlayn ochiq muloqot ham bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot davomida kelib tushgan savollarga mas’ul mutaxassislar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn ravishda javob berib borildi.

Forum yakunida tajribali frilanserlar tomonidan universitet talabalari uchun frilanserlik platformalaridan qanday qilib ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring