Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

E’zoza Turg‘unova

“Agar inson nimanidir chin dildan orzu qilsa, butun koinot uni shu orzusiga yetishtirish payida bo‘ladi!”

Bolani bog‘chaga joylashtirishning eng oson usuli(VIDEO)

Ishbilarmonlik yoki ro‘zg‘or tashvishi deb ishga chiqishga majbur bo‘lgan yosh onalar uchun bog‘cha beminnat ko‘makchidir.

Ammo ko‘pchilik farzandini bog‘chaga joylashtirish uchun kunning issiq yoki sovug‘ida tegishli tashkilotga qatnash, yana navbatlarda turishni o‘ylab, bolani bog‘chaga ro‘yxatga qo‘yishni paysalga soladi.

Aslida buning uchun qayergadir borish, navbat kutish shartmikin?! Yo‘q, albatta!

Xo‘sh, unda nima qilish kerak?

Shunchaki telefonni qo‘lga olib, my.gov.uz portali orqali bolani bog‘chaga ro‘yxatga qo‘yish kifoya!

Videorolikda buni qanday amalga oshirish batafsil tushuntirilgan.

Ha aytgancha, hurmatli yosh onalar, raqamlashtirish tufayli endi tug‘uruqxonadayoq farzandingiz uchun istagan bog‘changizni avvaldan band qilib qo‘yishingiz mumkin!

My.gov.uz – yosh onalar ko‘makchisi!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring