Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

E’zoza Turg‘unova

“Agar inson nimanidir chin dildan orzu qilsa, butun koinot uni shu orzusiga yetishtirish payida bo‘ladi!”

«Axborot texnologiyalari — taraqqiyot poydevori» — Sherzod Shermatov barcha savollarga javob berdi(VIDEO)

Bugun IT Parkning yangi binosida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirokida Xalqaro press-klubning «Axborot texnologiyalari — taraqqiyot poydevori» mavzusida navbatdagi sayyor sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ayti sohasining bugungi kundagi ahamiyati va istiqbollari, qolaversa, yurtimizda qisqa fursat ichida ushbu sohada olib borilgan islohotlar xususida jonli muloqot asosida tashkil etilgan sessiya «O‘zbekiston 24», «Renesans», «UzReport» telekanallari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

Ayti kompaniyalar uchun istiqbolli boshlang‘ich loyihalarni, tashqi iqtisodiy zonani, shu jumladan, ilmiy va ta’lim tashkilotlari bilan integratsiyalashgan holda ishga tushirish va bozorga chiqarishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan ob’yektlar, bino va inshootlar majmuasi hisoblanmish IT Park direktori Farhod Ibragimov esa ushbu osmono‘par binoning qad rostlashi xorijlik hamkorlarimizga O‘zbekistonni tanitishda va mamlakatimizni Markaziy Osiyoning IT xabiga aylantirishda alohida o‘rin tutishi haqida ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, bugungi kunda IT ayollar uchun ham nihoyatda qulay ekanligi va ushbu sohaga xotin-qizlarni jalb qilish borasida AKT vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova so‘z yuritdi.

Bugungi kunda yoshlarimizning ayti sohasida ta’lim olishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘zga chiqqan Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Jalolov bu yilning o‘zida yurtimizda IT Park University hamda PDP University ochilishi ta’lim sifatini yanada oshirishga yordam berishini ham alohida ta’kidladi.

Bundan tashqari, ochiq muloqotning yakuniy qismida turli OAV vakillari bilan ham savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring