Elektron to‘lovlar tizimining salbiy jihatlari qanday?
Koronavirus pandemiyasi bir qancha sohalar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar faoliyatini yanada rivojlantirdi. Elektron tijorat – bu internet tarmog‘i orqali mahsulot va xizmatlarni sotishdir.
Ammo hamma ishda bo‘lgani kabi bu onlayn savdoning ham kamchiliklari bor. Asosiy kamchiligi shundaki, siz xarid qilayotgan mahsulotingizni faqat rasmda ko‘rasiz. Qo‘lingizga yetib kelganda esa afsuski hamisha ham sifati sur’atdagi kabi bo‘lavermaydi. Qolaversa, libos sotib olayotgan bo‘lsangiz, o‘lchami to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Aksariyat tadbirkorlar onlayn ravishda sotilgan mahsulotlarni almashtirib berishmaydi.
Biz faoliyatimizni birinchi boshlaganimizda O‘zbekistonda hali ko‘pchilik tushunmasdi elektron tijorat o‘zi nima, uning ahamiyati, ustunliklari qanday? Masalan, bank kartalariga pul tushsa, ko‘pchilik uning balansini aniqlashda va pulni yechib olishda muammolarga duch kelar edi. Ana shunda biz UPay to‘lov tizimini yo‘lga qo‘ydik, ya’ni bu orqali foydalanuvchilar kartasiga tushgan pulning balansi va uning qoldig‘i haqida SMS xabar orqali osongina ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Hozirgi kunda esa masofadan turib, uyingizdagi barcha kommunal to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Biz ish boshlagan paytimizda faqat telefon to‘lovlarinigina amalga oshirish mumkin edi. Hozirda odamlar boshqa to‘lovlarni ham bank kartalari orqali masofadan turib, to‘lashning afzalliklarini yaxshi bilib olishdi.
Interaktiv xizmatlarni ommalashtirishda, birinchi navbatda, aholiga bu xizmatlardan foydalanishni maktabdan boshlab o‘rgatilsa to‘g‘ri bo‘lardi. Chunki biz asta-sekinlik bilan butunlay interaktiv xizmatlardan foydalanishga o‘tamiz. Shuningdek, yoshi kattalarga ham mana shu xizmatlardan qanday foydalanish haqida bepul darslar olib borilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Agar siz elektron tijorat bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz, boshqa biznes turlaridan farqli o‘laroq, do‘kon uchun katta bir joyni ijaraga olishingiz shart emas. Hattoki chet eldagi xaridorlaringizdan ham bemalol masofadan turib to‘lovlarni qabul qilishingiz mumkin. Kamchiligi esa logistikada va xaridorlarga xizmat yoki mahsulot haqida ma’lumotlarni to‘g‘ri yetkazib bermaslikda.
Hozirgi kunda biz nafaqat SMS orqali internetsiz to‘lov qabul qilish va barcha bank kartalaridan to‘lovlarni qabul qilishni yo‘lga qo‘yganmiz. Shuningdek, kelgusida elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha chet el bozorlariga chiqishni maqsad qilib qo‘yganmiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter