Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Frilanserlik va elektron tijoratga bag‘ishlangan forumdan maxsus reportaj (+video)

Hozirgi kunda nihoyatda ommalashayotgan frilanserlikning asosi inglizcha "freelance" so‘zidan olingan bo‘lib, ilgari bu so‘z faqat qilich-nayza ko‘tarib, yirtqich hayvonlardan insoniyatni qutqargan odil ritsarlarga nisbatan ishlatilgan ekan.

Chunki ular “lance” (nayza) ko‘targan holdagina juda “free” (erkin) edilar va qo‘llaridan kelgan har qanday xizmatga tayyor edilar.

Hozirgi zamonda esa frilanser bo‘lish uchun hech qanday qilich-nayzalar shart emas.

Boisi, qilichingiz — bu sevimli kasbingiz, erkinligingiz esa bu onlayn platformalardir.

Bugun ham PDP universitetida aynan “Frilanserlik va elektron tijorat — kelajak kasbi“ mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.

Agar siz ushbu forumda ishtirok eta olmagan bo‘lsangiz, aynan shu yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan malakali spikerlarning tajribalari bilan Xabar.uz YouTube platformamizga joylangan lavha orqali tanishishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring