Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT rivoji va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi

AKT rivoji va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan muhim uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining jadal rivojlanishi, ushbu yo‘nalishda kadrlar salohiyatining kengayishi hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Vazir Sh. Shermatov uchrashuv avvalida AKT sohasining iqtisodiy o‘sishda tutgan o‘rni haqida so‘z yuritib, ushbu sektor yurtimizda minglab yangi ish o‘rinlari yaratishda yetakchi bo‘layotganini ta’kidladi. Jumladan, IT sohasidagi malakali mutaxassislar va o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlovchi frelanserlarning soni tobora ortib borayotgani mamlakatning texnologik salohiyatini mustahkamlashga xizmat qilayotganini qayd etdi.

Suma Chakrabarti o‘z navbatida, Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslarni yuqori baholadi.

Shuningdek, vazir O‘zbekiston dengizga chiqish imkoniyati cheklangan mamlakat ekanligini aytdib o‘tdi, shu sababli ham bugungi kunda eng muhim masalalardan biri yoshlarga yuqori maoshli ish o‘rinlarini yaratish ustivor vazifa ekanligini alohida ta’kidladi. Bundan tashqari IT sohasini rivojlantirish va sohada imkoniyatlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratish kerakligini aytdi. Shu munosabat bilan, vazir investorlar uchun yurtimizdagi imkoniyatlarni chuqur tahlil qilish va yangi loyihalarni rivojlantirishda xalqaro tajribaga ega kompaniyalarni jalb qilish zarurligini bildirdi. Vazirlik ushbu jarayonlarda ilg‘or tajribalar va innovatsion yondashuvlarga ochiqligini ma’lum qildi.

Uchrashuvda tomonlar xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, AKT sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, investitsiyalarni jalb etish va erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish kabi masalalarda yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Shu bilan birga, innovatsion iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishda O‘zbekistonning mintaqaviy raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan takliflar ham muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuv raqamli texnologiyalar sohasini rivojlantirish va mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga qo‘shilayotgan ulushni oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring