Subsidiyalar uchun ariza qabul qilish yana boshlandi!

Nogironligi bo‘lgan shaxslar my.gov.uz portali orqali mutlaqo bepul tarzda onlayn ariza topshirib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha subsidiya olishlari mumkin:
- Asbob-uskuna va mehnat qurollari xaridi uchun subsidiya:
Endi ish faoliyatingizni boshlash yoki davom ettirish uchun zarur bo‘lgan jihozlarni xarid qilishda davlatdan moddiy yordam olishingiz mumkin!
- Yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya:
O‘qish davrida yashash va transport xarajatlaringizni qoplash uchun subsidiya olish imkoniyati mavjud.
- O‘qish uchun to‘lov-kontraktni qoplash uchun subsidiya:
Ta’lim olishdagi moliyaviy qiyinchiliklarni yengillashtirish maqsadida o‘qish uchun to‘lov-kontraktni qoplashga subsidiya ajratiladi.
Xizmatlardan foydalanish tartibi bilan videoqo‘llanmada batafsil tanishing.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter