Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi sichqoncha yaxshi? Dumli yoki dumsiz?

Qaysi sichqoncha yaxshi? Dumli yoki dumsiz?

Foto: "Ferra.ru"

Gap simli va simsiz turdagi kompyuter sichqonchlari haqida bormoqda. Ularning har ikkisi ham afzallik hamda kamchiliklarga ega.

Simli sichqonchani xonadan tashqarida ishlatib bo‘lmaydi, simlari nosozlashib qolsa sichqonchaning o‘zi ham yaroqsiz holga keladi. Simsiz turida bu muammolar bo‘lmagani bilan stoldan tushib ketish xavfi bor. Batareyasi o‘tirib qolsa yoki Bluetooth bilan ulanolmasa, pand beradi.

Ulardan birini tanlashda o‘ylang: Ish stolida ishlaysizmi yoki divanga yonboshlab? Kompyuterdan foydalansangiz va bir joyda o‘tirib ishlasangiz, simli sichqonchani tanlayvering. Qo‘lingizda noutbuk bilan divandan yoki tabiat qo‘ynidan joy egallasangiz, simsiz sichqoncha mos keladi.

Ishxonada foydalanishga atalagan bo‘lishiga qaramay, ish stolingiz tekis turishini istasangiz, simsiz sichqonchani tavsiya etamiz. Ortiqcha xarajatga xushingiz bo‘lmasa, simlisini olaqoling.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring