Logitech pullik obunaga ega doimiy sichqonchani e’lon qildi

Kompyuter tashqi qurilmalarining taniqli ishlab chiqaruvchisi Logitech "abadiy sichqoncha" g‘oyasini taqdim etdi, uning mohiyati uzoq vaqt davomida ishlatilishi mumkin bo‘lgan qurilmani yaratish, faqat dasturiy ta’minotini yangi funksiyalarni qo‘shish imkoniyati bilan yangilashdir. Albatta, bunday sichqoncha uchun yangilanishlar bepul bo‘lmaydi.
Faber The Verge jurnalistlariga kelajakdagi yangi mahsulot haqida gapirib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "abadiy" aksessuar g‘oyasi uglerod izi va yelektronikaning chidamliligi mavzusidagi munozaralar paytida paydo bo‘lgan.
Sichqoncha haqida bir nechta tafsilotlar ma’lum: u "biroz og‘ir" va "doimiy yangilanib turadigan mukammal dasturiy ta’minot va xizmatlarga ega". Qurilmani uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash uchun pul to‘lashingiz kerak bo‘ladi.
Kompaniya hali doimiy sichqoncha haqida premera sanasi va boshqa tafsilotlarni oshkor qilmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter