Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘yin ishqibozlari uchun maxsus kursi

O‘yin ishqibozlari uchun maxsus kursi

Foto: Yankodesign

Logitech kompaniyasi Playseat Challenge X mobil yig‘ma o‘yin kursisini taqdim etdi va unga 299 dollar narx belgiladi.

Kompyuter mebelining ushbu elementi yengil qismlardan iborat bo‘lib, uning og‘irligi 11,6 kg ni tashkil qiladi. Kresloni yarmiga yig‘ib, tor joyga sig‘dirish mumkin.

O‘tirish joyi maxsus matodan tayyorlangan va bu uzoq vaqt o‘yin o‘ynaganingizda ham isitib yubormaydi. O‘rindiq balandligi va pedal uzunligini sozlashingiz, o‘zingiz uchun eng qulay pozitsiyani tanlashingiz mumkin.

O‘rindiq og‘ir yuklarga (163 kg gacha) bardosh bera oladi. Uni xarid qilgach, uyda maxsus asboblarsiz yig‘ib olaverasiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring