Sichqonchalar ham ChatGPT bilan ishlashga o‘tdi

Xitoyning CheerDots startapi Cheerdots 2 kompyuter sichqonchasini taqdim etdi. Ishlab chiqaruvchi xususiyatlar sifatida noodatiy dizayn va ChatGPT bilan integratsiyani ta’kidlaydi.
Sichqoncha ikki qismdan iborat: sensorli panel va o‘rnatish stansiyasi. Qismlar magnit yordamida bir-biriga ulanadi. Foydalanuvchilar kompyuterni boshqarish uchun imo-ishoralarni kiritish orqali panelni sozlashlari mumkin. Bir bor to‘liq quvvatlanishi 20 kunga yetadi.
Qurilma ishlab chiquvchilari sichqonchaga ovoz yozish moslamasini qo‘shishga va ChatGPTni birlashtirishga qaror qilishdi. Buning yordamida suhbatlarni ovozli matnga o‘tkazish bilan yozib olish funksiyasi paydo bo‘ldi. Kompaniya ushbu funksiyalardan muzokaralar yoki ma’ruzalar uchun foydalanishni taklif qiladi.
Sichqoncha virtual ko‘rsatkich rejimini ham qo‘llab-quvvatlaydi. U ekrandagi ob’yektlarni ajratib ko‘rsatish va ta’kidlash uchun ishlatilishi mumkin.
Gadjet narxi 130 dollarni tashkil etadi va 2024-yilning aprel oyidan yetkazib berilishi boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter