Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

LG simsiz televizor taqdim etdi

LG simsiz televizor taqdim etdi

Foto: 3dnews

LG kompaniyasi OLED evo 2024 televizorlar seriyasini e’lon qildi. Ular sun’iy intellektli α11 protsessori bilan jihozlangan bo‘lib, rasm va ovoz sifatini yaxshilaydi. O‘zidan oldingisiga nisbatan grafik unumdorligi bo‘yicha 70% va ishlov berish tezligida 30% tezroq. Shuningdek, tasvir sifatini yaxshilash uchun Dynamic Tone Mapping Pro xususiy texnologiyasidan foydalaniladi.

Yangi televizor o‘yin janrlari uchun ekran sozlamalari o‘rtasida osongina almashish imkonini beruvchi Game Optimizerni qo‘llab-quvvatlaydi va NVIDIA G-SYNC va AMD FreeSync bilan mos keladi. Bu esa ekran sifatini oshirib beradi.

AI Sound Pro funksiyasi ijro etilayotgan kontentga muvofiq ovoz sozlamalarini optimallashtiradi. webOSning yangi versiyasida ishlaydi. Aqlli uy bilan o‘zaro ishlash standarti Matterni qo‘llab-quvvatlaydigan aqlli uy qurilmalari bilan aloqa o‘rnatadi. Mobil qurilmalar bilan mosligini yaxshilash uchun Apple AirPlay va Google Chromecastni qo‘llab-quvvatlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring