Davolanish uchun imtiyozli yo‘llanmani yugur-yugurlarsiz oling!

My.gov.uz portalida “Tibbiyot muassasalarida davolanish uchun berilgan imtiyozli yo‘llanma holatini tekshirish” xizmati ishga tushirildi.
Imtiyozli yo‘llanma – davlat tomonidan bepul davolanish huquqini beruvchi tibbiy order hisoblanadi.
Hozirgi kunda imtiyozli toifaga kiruvchi 16 turdagi shaxslarni davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan navbat asosida davolanishga yo‘llash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Bunda fuqaroning imtiyozli davolanishga muhtojligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli tibbiyot muassasasi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi elektron tizimiga kiritiladi. Imtiyozli yo‘llanmaning shakllanishi esa bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
Endi fuqarolarimiz ushbu bosqichlar holatini my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda kuzatib borishlari hamda navbati kelgach, tegishli tibbiyot muassasasiga murojaat qilishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter