Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayollarga yoqmaydigan yangilik

Ayollarga yoqmaydigan yangilik

Foto: Hsmedia

HUAWEI smartfonlar uchun Face IDning ishonchli muqobilini patentladi. HUAWEI kompaniyasining yangi patenti mobil qurilmalardan foydalanish uchun yuzni skanerlashning ilg‘or texnologiyasiga bag‘ishlangan.

Endi smartfon o‘z egasini tanibgina qolmay, balki uning asl maqsadini ham aniqlay oladi. Masalan, kishi smartfonni qulfdan chiqarishni xohlaydimi yoki ekranga shunchaki qarayaptimi. Ya’ni, siz haqiqatan ham uni ishlatishni istasangizgina, qurilma blokdan chiqadi.

Yangi texnologiyaning harakat mexanizmi qulfni ochishga urinish paytida old kamera yordamida foydalanuvchi holatini tahlil qilishdan iborat.

Ayni paytda maxsus algoritm egasining nigohi yo‘nalishini aniqlaydi, so‘ngra tasvirni ushbu funksiyani dastlabki faollashtirishda olingan ma’lumotlar bilan solishtiradi.

Patent tavsifiga ko‘ra, foydalanuvchining yuzini tanib olish skaner uchun yetarli bo‘lmaydi. U odamning nigohi yoki ko‘z harakati yo‘nalishiga qarab smartfonni qulfdan chiqarish niyatini ham baholaydi.

Qayd etilishicha, bunday integratsiyalashgan yondashuv smartfon egasining yuziga shunchaki yaqinlashtirish orqali begona odamga undan foydalanishga imkon bermaydi.

Ya’ni, garchi turmush o‘rtog‘ingiz yoningizda bo‘lsa ham, uning telefonini olib yuziga yaqinlashtirishingiz bilan smartfon qulfdan chiqib qolmaydi. (Ayollarga ham oson emas...)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring