Texnologiya modada – Gucci ixchamgina gadjet taqdim etdi

Gucci lyuks moda brendi Finlyandiyaning Oura Health startapi bilan hamkorlikda Gucci x Oura Ring aqlli uzukini taqdim etdi.
Gucci x Oura Ring 44 grammli, titandan ishlangan va suv o‘tkazmaydigan uzuk bo‘lib, 18k sariq oltindan ishlangan. Gadjetning ichki qismida yurak urish tezligi, tana harorati, nafas olish tezligi, uyqu rejimi, stress darajasi va hokazolarni kuzatish imkonini beruvchi datchiklar mavjud.
Ma’lumotlar Oura mobil ilovasida ko‘rsatiladi, foydalanuvchilar statistikani o‘rganishlari, yaxshi uyqu va meditatsiya uchun moslashtirilgan tavsiyalar, saundtreklarni olishlari mumkin.
Gucci x Oura Ring butun dunyo bo‘ylab Gucci chakana savdo do‘konlarida hamda Gucci veb-saytida 950 dollarga sotiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter