Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Smart soatlar o‘rnini nima egallaydi?

Smart soatlar o‘rnini nima egallaydi?

Foto: dailymail.co.uk

Futurolog sun’iy intellekt opsiyalari yordamida "gapiruvchi" kiyim va taqiladigan texnologiyalar rivojlanishini bashorat qildi.

Daily Mail  nashri olim va futurolog Endryu Grillning bashoratini e’lon qildi. Mutaxassis 5G SA rivojlanishi, yangi qurilmalar va kelajak modasi haqida fikr yuritdi.

Grillning so‘zlariga ko‘ra, atigi besh yildan so‘ng britaniyalik o‘smirlar sun’iy intellekt texnologiyasi bilan boshdan-oyoq qoplanadi. Ular endi oddiy aqlli soatlar va fitnes-trekerlar taqmaydilar. Gap tom ma’noda hamma narsaga, shu jumladan kiyim va poyabzalga o‘rnatilgan ixcham chiplar haqida ketmoqda.

Futurolog bunday chiplarni Apple 2021 yilda taqdim etgan AirTag bilan solishtiradi. Ular kichik - tanga hajmida bo‘ladi va umumiy tarmoqqa birlasha oladi, egasi haqida ma’lumot to‘playdi.

Chiplar egasining individual uslubi, uning afzalliklari, byudjeti va turmush tarzi haqidagi ma’lumotlarni saqlaydi. Ular kelajakdagi xaridlar uchun narsalarni tavsiya qilishni boshlaydilar. Ulardan foydalanish hayotning barcha sohalariga ta’sir qiladi, xoh chakana savdo, o‘yin-kulgi va sport bo‘lsin. To‘g‘ri, past kechikish va yuqori ulanish tezligiga ega 5G SA  tarmoqlarini keng tarqatmasdan turib, bunday texnologiyalarni ishlab chiqish mumkin bo‘lmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring