Endi robotlar koinotda ham mehnat qiladi

"NASA" masofaviy zondlash sun’iy yo‘ldoshining yoqilg‘i zahirasini to‘ldirish uchun bir necha yil ichida Yer atrofi orbitasiga robotni olib chiqmoqchi.
Sun’iy yo‘ldoshni masofaviy zondlash apparati "Landsat-7" bundan ancha avval - 1999 yilda ishga tushirilgan. U qanchalik dolzarb vazifalarni bajarmasin, yoqilg‘i tugaganida bir ishga yaramay qoladi. "NASA" ushbu muammoning yechimi sifatida orbital robot xizmatidan foydalanmoqchi. Robot mexanik qo‘llari bilan "Landsat-7"ga ulanadi va uni yoqilg‘i bilan to‘yintiradi.
Agar reja muvaffaqiyatli amalga oshsa, davlat va xususiy loyihalarning muhim bo‘g‘iniga aylanadi. Bu tufayli orbitadagi sun’iy yo‘ldoshlar faoliyati rivojlanadi. O‘z navbatida, sun’iy yo‘ldosh va meteorologik apparatlar yaratishda sifatni oshirib, narxni tushiradi. Zero, mazkur harakatlar kosmik stansiyalar va fazo kemalari qurilishida ilk qadamdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter