Avtohalokatda "Tesla" haydovchisi jon berdi

"Tesla" haydovchisi o‘rta qatorda avtomobilni darhol to‘xtatgani uchun avtohalokat kelib chiqdi va haydovchining o‘limiga sabab bo‘ldi. Voqea AQShning Missuri shtatida, 3 ta mashina ishtirokida yuz berdi.
Politsiyachilar nega haydovchi tezkor ravishda bunday qarorga kelganini aniqlolmayapti. To‘liq o‘rganish uchun kompaniya kompyuteridagi ma’lumotlar bilan tanishish kerak.
Agar u oddiy mashina bo‘lganida, oqibat bu darajaga yetmasmidi, degan farazlarni bermoqda. Chunki Tesla mashinalari o‘ta serfunksiya bo‘lib, ba’zan YTHga sharoit tug‘dirishi mumkin.
Avtohalokatga uchragan mashina 2019 yilda ishlab chiqarilgan "Tesla Model 3" bo‘lib, haydovchi 74 yoshli erkak edi. Ishtirokchi mashinalar katta jabr ko‘rmagan, yo‘lovchilari yaqin oradagi shifoxonaga yetkazilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter