Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Apple’dan mutlaqo yangi mahsulot

Apple’dan mutlaqo yangi mahsulot

Foto: "shutterstock"

Aftidan, Apple’ning aralash reallik garniturasi deyarli tayyor holga kelgan.

Manbaning ta’kidlashicha, o‘tgan hafta Apple birinchi marta bu qurilmani direktorlar kengashiga namoyish qilgan.

Dastlab, Apple kompaniyasi WWDC 2022 ko‘rgazmasida e’lon qilishni rejalashtirgan edi, biroq texnik muammolar, jumladan, qurilmaning haddan tashqari qizib ketishi kompaniya rejalarini o‘zgartirishga majbur qildgan edi. Shu bilan birga, Apple yaqinda RealityOS operatsion tizimini ishlab chiqishni tezlashtirdi, uning asosida garnitura ishlaydi.  

Endi Apple qurilmani iPhone 14 bilan birga kuzda yoki 2023 yilning boshida taqdim etishi kutilmoqda. Kompaniyaning aqlli soatlari 2014 yilda taqdim etilgani va AirPods 2016 yilda namoyish etilganini inobatga olsak, bu Apple kompaniyasining ancha yillardan keyingi birinchi yangi mahsuloti bo‘ladi.

Internetda qurilma haqida unchalik ko‘p ma’lumotlar yo‘q va hatto ular ba’zan juda farq qiladi. Misol uchun, qurilma imo-ishoralarni kuzatish uchun zarur bo‘lgan 15 ta kamera, micro-OLED ekranga ega, va 2000 dollardan ortiq narxda taqlim etilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring