Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Apple eng zo‘r xodimlarini nega yo‘qotdi?

Apple eng zo‘r xodimlarini nega yo‘qotdi?

Foto: Iphones.ru

2022 yil davomida Apple asosiy rahbarlarni ishdan bo‘shatdi. Masalan, yilning ikkinchi yarmida 11 ta asosiy menejerini yo‘qotdi.

Ularning barchasi sanoat dizayni, onlayn-do‘kon, axborot tizimlari, bulutli hisoblash, apparat va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, maxfiylik masalalari, rivojlanayotgan bozorlarda sotish, obuna xizmatlari va butlovchi qismlarni xarid qilish bilan shug‘ullanishar edi.

Qayd etilishicha, bu oxirgi yillardagi eng yirik kadrlar almashinuvi hisoblanadi. Kompaniya ba’zi lavozimlarni kompaniya ichidagi xodimlar o‘rtasida taqsimladi, ba’zilariga yangi xodimlar oldi.

Ko‘pgina rahbarlar kompaniyani nafaqaga chiqqanlari sabab tark etdilar. Xodimlar ketishining yana bir sababi kompaniyaning yuqori byurokratiyasi edi. Ichki siyosat va bo‘limlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar yuqori darajadagi menejerlarga ko‘proq bosim yukladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring