2022-yil sarhisobi – iyun

- O‘zbekistondagi simli internet tezligi “Speedtest Global Index” global reytingida bir necha pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi;
- AKT vaziri Sherzod Shermatov frilanserlar bilan ochiq muloqot tashkil qildi;
- Mukofot jamg‘armasi 100 ming dollarlik “mGovAward” Respublika tanloviga start berildi;
- “Estoniyaning elektron hukumat raqamli arxitekturasi – modeldan to amalga oshirishgacha” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi;
- Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Computer Vision AI Challenge” xakatoni bo‘lib o‘tdi;
- Sotib olmoqchi bo‘lgan hovli-joyni “snos”ga tushgan yoki tushmaganini my.gov.uz portal orqali onlayn tarzda aniqlash imkoni yaratildi;
- Toshkent shahridagi Amiti Universitetida Yandex va IT Park tomonidan ovozli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha workshop bo‘lib o‘tdi;
- Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi;
- O‘zbekiston vakillari WTDC-22 Elektroaloqani rivojlantirish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasida qator qo‘mitalarda rahbarlik lavozimlariga saylanib faol ishtirok etishdi;
- “Bir million o‘zbek dasturchilari” O‘zbekiston – BAA qo‘shma loyihasi g‘oliblari taqdirlandi;
- “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi;
- Andijonda “Digital girls” loyihasiga start berildi;
- AKT vazirligi delegasiyasi Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha – ikkinchi mintaqaviy sammitida ishtirok etdi;
- O‘zbekiston delegatsiyasi Gruziyada bo‘lib o‘tgan “Raqamli hukumat sohasida hamkorlik va salohiyatni rivojlantirish» mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etdi;
- My.gov.uz portalida xorijga chiqish biometrik pasportini olish va qancha maosh olayotgani haqida bilib olish imkoni paydo bo‘ldi;
- AKT vazirligi va Mastercard Ins. kompaniyasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Memorandum imzolandi;
- “UZINFOCOM” Qirg‘izistonning “Infocom” davlat korxonasi bilan memorandum imzoladi;
- AKT vazirligi AQShning VISA kompaniyasi bilan memorandum imzoladi;
- Hukumat qarori bilan nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi;
- Hilton mehmonxonasida yangi PDP universitetining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi;
- Lotin yozuviga o‘tishda AKTning o‘rni va ahamiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi;
- Amiti universitetida Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi bilan hamkorlikda “Frilanserlikka birinchi qadam” mahorat darslari tashkil etildi;
- Sun’iy intellekt yo‘nalishida “Computer Vision AI Challenge” xakatoni bo‘lib o‘tdi;
- Mamlakatimizda yangi O‘zbekiston- AQSh qo‘shma BPO korporatsiyasi tashkil etiladi;
- Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida “aqlli shahar” Xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi;
- “AKT sohasidagi muvaffaqiyatli yoshlar!” tanlovi e’lon qilindi;
- Buxoro shahrida IT liderlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi;
- IT Park va rezident kompaniyalar vakillari “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandilar;
- Amiti universitetida “Frilansingga birinchi qadam” mavzusida frilanserlikda muvaffaqiyatga erishgan IT mutaxassislar ishtirokida trening tashkil etildi;
- AQShga rasmiy tashrif bilan borgan AKT vazirligi haqida Forbes.com tomonidan maqola chop etildi;
- AKT vaziri Sherzod Shermatov ishtirokida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari, Amerika-O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi vakillari hamda YeXHT DIIHB delegatsiyasi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter