O‘zbekistonning AyTi eksportida birinchi raqamli savdo hamkori — AQSh

Mamlakatimizning AyTi eksportida AQSh birinchi raqamli savdo hamkorimiz ekanligini ko‘pchilik tasavvur qilishi qiyin bo‘lsa kerak. Zero, bu yil reja qilingan 300 mln dollardan ortiq IT va BPO eksport xizmatlarining yarmidan ko‘pi aynan AQSh bozoriga to‘g‘ri keladi (bu faqat yuridik shaxslarniki, frilans xizmatlarini ham qo‘shsa, undan ham ko‘p bo‘ladi).
AQShdagi kompaniyalar ham yoqilg‘i narxlari hamda foiz stavkalari ortayotgan davrda o‘z raqobatbardoshligini va foydasini oshirish maqsadida o‘z xarajatlarini optimizatsiya qilishga harakat qiladi. Aynan shu jarayonda O‘zbekistonda dunyodagi an’anaviy katta autsorsing davlatlaridan kam bo‘lmagan imkoniyatlar borligi haqida ularga ko‘proq ma’lumot berishimiz zarur.
Prezidentimiz tomonidan O‘zbekistonni AyTi xabga aylantirish bo‘yicha qat’iy maqsad belgilab berilgani, buning uchun esa zarur shart-sharoitlar yaratilayotgani hamda dunyoning yetakchi davlatlari bilan ochiq va o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani natijasida mamlakatimiz 2017 yilda IT va BPO rasmiy eksporti deyarli yo‘q bo‘lgan davlatdan 2022-yilda 140 mln dollar IT va BPO eksportiga ega davlatga aylanishiga erishildi. Endi esa IT va BPO xizmatlar eksportini 2030-yilgacha 5 millard dollarga yetkazish bo‘yicha juda katta marrani belgilab berdilar.
Bu yoshlarimizga oilalari bilan o‘z yurtlarida yashab, internet orqali xizmatlari va mahsulotlarini chet elga eksport qilib, yuqori daromad topish imkoniyatlarini yanada kengaytirishi aniq. Buning uchun esa, eng asosiysi, yoshlarimiz internetdagi vaqtlarini bekor o‘tkazmay, ko‘proq chet tillari va zamonaviy texnologiyalarni o‘rganishlari zarur.
Yozda chet tillari va zamonaviy texnologiyalarni bemalol o‘rganish uchun juda ko‘p resurslar bor, jumladan:
http://education.it-park.uz
http://uzbekcoders.uz
http://it-istedod.uz
www.youtube.com/@milliy_talim_resurslar
www.youtube.com/@ibratfarzandlari
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter