Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“E-Yer nazorati“ va “So‘zlovchi xarita“ loyihalarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi (video)

Bugun Kadastr agentligida Yer nazorati tadbirlarini raqamlashtirish orqali ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “E-Yer nazorati“ avtomatlashtirilgan axborot tizimi dasturining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

“E-Yer nazorati“ AAT yaratilishi natijasida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish ishlarini amalga oshirishda huquqbuzarliklarni aniqlashdan tortib, to bartaraf etilgunga qadar samarali davlat nazorati o‘rnatilishiga erishildi.

Yer uchastkalaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida qishloq xo‘jaligiga yer uchastkalarini ajratishda Yer kodeksida belgilangan talablarga rioya qilinishini ta’minlash yuzasidan Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan hamkorlikda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini hamda noqonuniy bino va inshootlarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, Kadastr agentligi Kartografiya davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi hamda "Geoinnovatsiya" DUK mutaxassislari tomonidan 2 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan maktab va maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilari uchun interaktiv so‘zlovchi xarita ishlab chiqildi.

Shuni alohida takidlash joizki, bunday loyiha yurtimizda ilk marotaba qo‘llanilmoqda. Nafaqat bolajonlar, balki yoshi katta insonlarni ham o‘ziga jalb qila oladigan ushbu xaritadan foydalanish davomida siz nafaqat O‘zbekistonning barcha viloyatlari tarixi va bugungi kuni haqida, shuningdek, qaysi xalqaro tashkilotlarga a’zo ekanligi haqida ham batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Hozircha faqat o‘zbek tilida so‘zlovchi xarita keyinchalik yanada takomillashtirilgan holda, rus, ingliz va boshqa tillarda ham ishlab chiqarilib, Markaziy Osiyo davlatlariga eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring