AQSh bozorida O‘zbek startaplari

AloqaVentures, Startup Garage va Silkroad Innovation Hub hamkorlikda startap ekotizimini rivojlantirish va ularni xalqaro maydonga olib chiqish bo‘yicha strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Mazkur hamkorlik O‘zbekiston startaplari uchun AQSh bozoriga chiqish imkoniyatini yanada osonlashtiradi.
Hamkorlik qanday imkoniyatlar beradi?
- Startaplarni shakllantirish va rivojlantirish;
- Xalqaro bozorga chiqish va investorlar bilan ishlash.
Startaplar uchun muhim jihati nimada?
- AQSh bozoriga moslashish imkoniyati va xalqaro miqyosda rivojlanish sharoiti;
- Mahalliy va global investorlarni jalb qilish;
- Innovatsion ekotizim ichida o‘sish va tajriba almashish.
Ushbu hamkorlik tashkilotlarning kuchli tomonlarini birlashtirib, startaplarga har tomonlama qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini taqdim etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter