Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Unutib qoldirilgan kartadan 11 million so‘m o‘g‘irlandi

Unutib qoldirilgan kartadan 11 million so‘m o‘g‘irlandi

Foto: Gazeta.uz

Buxorolik 27 yoshli A.M. bank kartasini dorixonada unutib qoldirdi. Kartaga qo‘shilib hisobidagi 11 million 242 ming so‘m ham g‘oyib bo‘ldi. Chunki sotuvchiga pin-kod raqamini aytganida yonida turgan S.M. eslab qolgandi. Egasining e’tiborsizligidan dorixonada qolib ketgan plastik karta unga tayyor "go‘sht" bo‘lib, darroq ichidagi pullarni "qoqib" oldi.

A.M. yo‘qolgan kartasidagi pullar o‘g‘irlanganini aytib, Ichki ishlarga murojaat qildi. Tezkor qidiruv tadbirlaridan so‘ng shu tumanda yashovchi 29 yoshli S.M.ning nohalol ishi fosh bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan S.M.ga nisbatan O‘zR. JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi o‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. 

Qonunga muvofiq, S.M. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.    

Nazarimizda, pin-kodni sotuvchiga aytmasdan, foydalanuvchining o‘zi raqam terish usulini imkon qadar keng joriy etgan ma’qul. Karta egalari ham uni ishlatayotganda hushyor bo‘lishlari, unutib qoldirmasliklari zarur.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring