Starlink sun’iy yo‘ldosh internetidan noqonuniy ravishda oltin qazib olishda foydalanilmoqda

Amazonka o‘rmonlarida oltinni noqonuniy qazib oluvchilar bu yerda yaqinda ishga tushirilgan Starlink sun’iy yo‘ldosh internetidan foydalanishmoqda. Bu haqda Braziliya atrof-muhitni muhofaza qilish agentligiga asoslanib Associated Press xabar berdi.
14-mart kuni o‘tkazilgan reydda bu hududda oltin qazib olish uskunalari, simob, o‘q-dorilar va Starlink internet terminali topildi. Agentlik ta’kidlashicha, oxirgi paytlarda bunday topilmalarga tez-tez duch kelinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter