Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Onlayn xarid o‘xshamadi — sotuvchi firibgar ekan

Onlayn xarid o‘xshamadi — sotuvchi firibgar ekan

Illyustrativ foto

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashovchi 20 yoshli Sh.O‘. ichki ishlarga arz qildi: aytishicha, kompyuter jihozilarini Telegramdagi do‘kon orqali onlayn xarid qilgan, ammo jihozlarni olmagan, kamiga sotuvchi o‘tkazib berilgan 1,5 mln so‘mni ham qaytarmagan.

Tezkor-qidiruv xizmatining kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu holatning aybdori poytaxtning Chilonzor tumanida yashovchi 21 yoshli S.R. ekani aniqlandi.

Gumon qilinuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan S.R. Telegram messenjeri orqali soxta do‘kon kanalini yaratib, unda aslida mavjud bo‘lmagan kompyuter jihozlarini sotuvga qo‘yib, odamlarni aldagan, sodda xaridorlarning bank kartalari ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali ularning kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S.R.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring