Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kartadagi pulni yechib olgan — jinoyatchi emas

Kartadagi pulni yechib olgan — jinoyatchi emas

Foto: Xabar.uz

Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida yashovchi 28 yoshli T.M. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan noma’lum sabablarga ko‘ra 4 616 000 so‘m pul yechib olinganligini ma’lum qildi.

Tezkor-qidiruv xizmatining kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida hammasi oydinlashdi. T.M. oylik avtokredit to‘lovini vaqtida amalga oshirmagan, shu sababli uning nomidagi bank kartasidan 4 616 000 miqdoridagi pullar bank tomonidan yechib olingan.

Mazkur holat bo‘yicha ish O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 1-bandiga asosan tugatildi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring