Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zganing nomiga onlayn kredit rasmiylashtirgan soxta operator qo‘lga olindi

O‘zganing nomiga onlayn kredit rasmiylashtirgan soxta operator qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

Toshkent shahrining Sergeli tumanida yashovchi (ayol) N.S. ichki ishlar organlariga arz qilib, o‘zining nomiga noma’lum sabablarga ko‘ra, 15 700 000 so‘m onlayn kredit rasmiylashtirilganligini ma’lum qildi.

Tezkor-qidiruv xizmatining kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi 32 yoshli O.U. sodir etganligi aniqlandi.

Voqea tafsiloti: O.U. jabrlanuvchi N.S.ga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini bank operatori sifatida tanishtirib, SMS-xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qo‘lga kiritgan, so‘ngra N.S.ning nomiga 15 700 000 so‘m miqdorida onlayn kredit rasmiylashtirib, o‘sha vaqtning o‘zida mazkur pullarni o‘zining foydalanuvidagi bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.U.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring