iPhone o‘g‘rilardan himoyalandi

Apple kompaniyasi yangilanish orqali iPhonelarni o‘g‘irlashdan himoyaladi.
“O‘g‘irlangan qurilmani himoyalash” tanlovi (opsiyasi) iOS 17.3 da paydo bo‘ldi. U faollashtirilgandan so‘ng iPhone foydalanuvchining uyidan uzoqda yoki boshqa xavfli joylarda ochuvchi kod-parolni qabul qilmaydi. Ayfonga faqat Face ID yoki Touch ID bilan kirish mumkin bo‘ladi.
Sozlamalarning parolni almashtirish yoki maxfiy ma’lumotlar bilan bog‘liq bo‘limlariga kirilganda ham iOS foydalanuvchidan Face ID yoki Touch ID orqali shaxsini tasdiqlashni so‘raydi.
Apple muhandislarining fikricha, ushbu yangilik smartfonga qo‘shilib shaxsiy ma’lumotlarni ham yo‘qotib qo‘yish xavfini kamaytiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter