Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya nega Appleni sudga berdi?

Rossiya nega Appleni sudga berdi?

Foto: Iwiki.su

Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasiga kelib tushgan arizaga ko‘ra, Apple xodimlariga nisbatan 272-modda (“kompyuter ma’lumotlariga noqonuniy kirish”, 7 yilgacha qamoq jazosi) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atish so‘ralgan.

Shuningdek, 273-modda ("zararli kompyuter dasturlarini yaratish, ulardan foydalanish va tarqatish", 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish) va Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 276-moddasiga muvosiq, josuslik uchun 20-yilgacha qamoq jazosi berilishi talab qilingan.

Ushbu ariza Bosh prokuraturaga Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash federal loyihasi rahbari Vitaliy Borodin tomonidan yuborilgan.

Uning fikricha, Apple va AQSh razvedkasi xodimlari josuslik, shuningdek, axborotga noqonuniy kirganligi va zararli dasturlarni tarqatganligi uchun Rossiya qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortilishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring