Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiya onlayn haqorat uchun qamoq jazosini belgiladi

Yaponiya onlayn haqorat uchun qamoq jazosini belgiladi

Foto: "shutterstock"

Yaponiyada 7 iyul kuni «onlayn haqorat» qilganlik uchun haqiqiy qamoq muddatini belgilovchi qonun kuchga kirdi. Bunday qoidabuzarlik uchun bir yilgacha qamoq jazosi belgilagdi.

Onlayn haqoratda ayblanganlar 300 000 iyengacha (2200 dollardan sal ko‘proq) jarimaga tortiladi.

Ilgari internetdagi haqorat uchun 30 kundan oshmagan qamoq yoki 10 000 iyen (75 dollar)gacha jarima solinar edi.

So‘z erkinligiga ta’sir qiladimi yoki yo‘qligini aniqlash uchun qonun uch yildan so‘ng qayta ko‘rib chiqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring