Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangicha kadastr pasporti nima uchun kerak?

Yangicha kadastr pasporti nima uchun kerak?

Foto: Zamin.uz

Kadastr pasporti bo‘lsa, ko‘chmas mulkka doir ma’lumotlar bir joyda, ya’ni yagona ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Smart karta ichidagi ma’lumotlarni onlayn ko‘rish mumkin. Uy-joy bilan bog‘liq barcha kadastr ishlari doimiy ravishda qayd etib boriladi. Shu tariqa elektron kadastr tarixi vujudga keladi.Uy-joyning geografik maydoni va chegarasi to‘g‘risidagi ma’lumot smart kartadan joy oladi.

Maxsus mobil ilova orqali kadastr pasporti ma’lumotlarini ko‘rish imkoni mavjud. Shuningdek, QR-kod tizimiham bor bo‘lib, u turli tashkilotlarga murojaat etishga hojat qoldirmaydi.

Demak, kadastr pasporti mushkulimizni oson qilar ekan. Xo‘sh, uning o‘zini olish-chi? Qiyin emasmi? Aslo! Chunki bu hujjat my.gov.uz orqali onlayn shakllantiriladi. Ya’ni, uyingizdan chiqmagan holda kadastr pasportini qo‘lga kiritishingiz mumkin.

Ariza yuborayotib ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatni ilova qilish va xizmat haqini to‘lash talab etiladi. Mablag‘ miqdori yer maydoniga qarab farqlanadi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun 50 foiz chegirma mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring