Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi YouTube funksiyasi tungi foydalanuvchilarning hayotini osonlashtiradi

Yangi YouTube funksiyasi tungi foydalanuvchilarning hayotini osonlashtiradi

Foto: 4pda

Videoxostingning mobil va ish stoli versiyalari yotishdan oldin video ko‘rishni yaxshi ko‘radiganlar uchun foydali bo‘lgan yangi xususiyatga ega bo‘ldi. Kompaniya YouTubening “tungi rejimi” va undan qanday foydalanish haqidagi ilk tafsilotlarni oshkor qildi.

Yangilik allaqachon sinov rejimida 2-sentyabrgacha YouTube Premium obunachilari uchun mavjud. Funksiya taymerni faollashtiradi (siz 10 dan 60 daqiqagacha bo‘lgan qiymatni tanlashingiz mumkin) - bu vaqt tugagandan so‘ng yoki tanlangan videoning oxirida u avtomatik ravishda to‘xtaydi va nazoratsiz videolarning ketma-ket davom etishining oldini oladi.

Ushbu xususiyatdan foydalanish uchun o‘yxatdan o‘tib, mobil qurilmangizda yoki ish stolida YouTubeni oching va videoni ko‘rayotganda “Sleep Timer”ni sinab ko‘rish uchun sozlamalar menyusiga o‘ting.

Bu xususiyat keyinchalik YouTube Premium ishlayotgan hududlardagi barcha foydalanuvchilar uchun umumiy bo‘lishi kerak.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring